Oltin rentgenni yaxshiladi
Singapurning Nanyan texnologiya universiteti hamda Polshadagi Lukasiewicz texnologiyalarni rivojlantirish markazi olimlari hamkorlikda detektorlarga oltin qatlamini qo‘shish orqali rentgent suratlari tiniqligini oshirishdi. Bu yangilik tibbiyot sohasi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Nurlarni yutib, yorug‘lik chiqaruvchi «ssintillirlovchi» materiallar qo‘llangan detektorlar ko‘rinmas rentgen nurlarini ko‘rish imkonini beradi. Olimlar ushbu materiallarga oltin qatlami qo‘shilganida yorug‘lik intensivligi 120 foizga oshishini aniqlashdi, natijada rentgen suratlari yanada tiniq va aniq chiqadi.
Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yanada tezlashgan.
Singapurlik va polshalik olimlarning ushbu yechimi nafaqat tibbiyot sohasini yangi bosqichga olib chiqishi, shuningdek, yuklarni tekshirish jarayonida suratlarning sifatini yaxshilab, aeroportlarda xavfsizlikni oshirishga xizmat qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter