«Nike» va «Apple» tongda yugurgan foydalanuvchilarga sovg‘a ulashadi
«Nike» va «Apple» kompaniyasi o‘z sog‘lig‘iga e’tibor qaratgan odamlarga turli sovg‘alar, chegirmalar va boshqa ko‘plab bonuslarni taqdim etadi, deb xabar berdi «Hi-News».
Ikki kun oldin «Nike»ning yugurishga mo‘ljallangan «Run Club» mobil dasturi va mustaqil shug‘ullanish uchun yaratilgan «Nike training Club» loyihasi faol foydalanuvchilarni mukofotlash bo‘yicha yangi tanlovni e’lon qildi. Fevral oyi davomida yuqorida nomi keltirilgan dasturlardan foydalangan yuzerlar sportdagi faolligi uchun turli mukofotlarga ega bo‘ladi. Asosiy sovg‘a — sport kiyimlari, krossovkalarni (albatta, «Nike» brendidagi) sotib olish uchun chegirmalar taqdim etiladi.
Bundan tashqari, qo‘shimcha bonus sifatida «App Store» do‘konlarida ham sovg‘alar beriladi, jumladan, ular «Apple Music»da maxsus pley-listga ega bo‘lishi mumkin. Fevral oyining oxirida eng faol foydalanuvchilar o‘z sovg‘alarini qo‘lga kiritishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter