Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neyroxirurgiyada muhim yangilik!

Neyroxirurgiyada muhim yangilik!

Foto: Intellektual mulk agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi mutaxassisi tomonidan umurtqa pog‘onalariaro diskka kirish uchun qurilma yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Qurilma naychasimon korpusga ega bo‘lib, uning ishchi uchida burchak ostida charxlangan milk ko‘rinishidagi kesuvchi qism bajarilgan, qurilma tarkibiga, shuningdek, dastak va yo‘naltirgich bilan ta’minlangan hamda ichki diametri butun uzunligi bo‘ylab bir xil bo‘lgan o‘q bo‘shlig‘i kiradi. Naychasimon korpus tashqi diametri ishchi uch tomon kichrayib ketgan hamda o‘q bo‘shlig‘iga ega silindrsimon uchastkalar ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, bunda o‘q bo‘shlig‘ining diametri uchi o‘tkirlashtirilgan va uzunligi naychasimon korpus uzunligidan katta sterjen ko‘rinishida bajarilgan yo‘naltirgich diametriga to‘g‘ri keladi.

Ishchi uchning milki α=80o burchak ostida charxlangan, dastak esa korpusning qarama-qarshi uchida o‘rnatilgan bo‘lib, uning tashqi yuzasida kertiklar bajarilgan.

Ushbu foydali model muallifi Perfilev Sergeyga FAP 01268 raqamli patent berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring