Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 soatlik operatsiya. Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi

4 soatlik operatsiya. Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi

Mahbuba Isroilova o‘z xaloskorlari bilan

Foto: «Xabar.uz»

Buning uchun to‘rt soatlik ortopedik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Hozirgacha shu kabi murakkab operatsiya Toshkentda amalga oshirilar edi. 2018-yil 15-fevral kuni bunday yuksak tibbiy mahorat talab etadigan ishga viloyatda ilk bor qo‘l urildi.

Uni viloyat ko‘p tarmoqli  tibbiyot markazi bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Zafar Xolov hamkasblari bilan birgalikda uddaladi. Uychilik bemor yigirma yoshli Mahbuba Yunusova hushiga kelganida, uning yaqinlari ko‘p yillik orzu-niyatlari ushalgani uchun ko‘zlarida quvonch yoshlari miltiragan holda tabriklashdi. Axir Mahbuba endi barcha tengdoshlari qatori qaddini tik tutib yurish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Mahbubaning onasi Marg‘uba Isroilovaning aytishicha, qizi maktabning 4-sinfida o‘qiyotgan kezlari shu holat boshlangan. Harakat-tayanch organlarida salbiy o‘zgarishlar kuchaygan.

Sodiq Sayhun

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring