Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Navoiydan 100 sadaf» mobil ilovasi yaratildi

«Navoiydan 100 sadaf» mobil ilovasi yaratildi

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Nurillo To‘xtasinov, Ufora Habibullayeva va Sardorbek Tal’atovlar tomonidan «Navoiydan 100 sadaf» mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Qayd etilishicha, mobil ilovada Hazrat Navoiyning 80 ta sara g‘azali va 20 ta go‘zal ruboiysi ham matn, ham audio shaklda o‘rin olgan. G‘azal va ruboiylar mumtoz adabiyotimizning murakkab hisoblangan janri – aruz vaznida bitilgani inobatga olinsa, ularning audio shaklda ham joylangani foydalanuvchiga g‘azal va ruboiylarni to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmasini o‘rganishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, ilovada qo‘shimcha ravishda g‘azallar bandlari ishtirokida interaktiv o‘yin ham berilgan. Bu foydaluvchi uchun qiziqarli bo‘lish bilan birga, g‘azallarni qay darajada yodlab olganini bilib olish imkonini beradi.

Hozirgi kunda, mobil ilova tarkibiga Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq qiziqarli test bo‘limini qo‘shish ishlari yakunlangan.

Shu bilan birga, mobil ilova interaktivligini oshirish uchun Navoiyning «Lison-ut tayr» asari asosida o‘ziga xos pazlli o‘yin qo‘shish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ilova tez kunda «App Story» va «Play Market» platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olish imkoniyati bo‘ladi.

Dastur mualliflarining aytishicha, «Navoiydan 100 sadaf» ilovasi yoshlarimizni Navoiy hayoti va ijodiga doir savodxonligini oshirishda innavatsion yechimlardan biri bo‘lishi aniq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring