Navbat «Ucell»ga keldimi?
Skandinaviyaning «Telia» telekommunikatsiyalar guruhi 2018-yilning oxiriga qadar Yevroosiyodagi barcha ulushlarini sotish jarayoniga yakun yasash niyatida, deb xabar berdi «Spot».
Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Mari Erling «Reuters»ga ma’lum qilgan.
Nashrning yozishicha, «Telia» o‘zining Rossiya, Gruziya, Tojikiston, Turkiya, Ozarbayjon va Nepaldagi ulushlarini sotishga ulgurgan. Qozog‘istondagi kelishuv ham yakuniga yetay deb qolgan.
«O‘zbekiston bilan holat biroz cho‘zilishi mumkin. Biroq bir nechta xaridorlar bor, ular bizning turli davlatlardagi ulushlarimizga qiziqish bildirishmoqda», — dedi Mari Erling.
«Reuters» ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya hozirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Moldaviyalardagi ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti.
O‘zbekistonda «Ucell» brendida xizmat ko‘rsatib kelayotgan «Coscom» kompaniyasining 94 foiz aksiyalari «Telia»ga tegishli hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter