Xohlasang, ismingni Oyga olib ketaman — NASA

Ro‘yxatdan o‘tganlarga mana shunaqa elektron chipta beriladi.
NASA barcha xohlovchilarning ismlarini Oyga olib ketmoqchi. Mutlaqo tekinga.
Shu yil oxirigacha kosmik agentlik Oyga Viper roverini jo‘natmoqchi. Unga kichik chiplar yopishtiriladi, chiplarga esa murojaat qilganlarning ism-familiyalari yoziladi.
Nomingiz Oygacha yetib borishini istasangiz, 16-martgacha bu yerga murojaat qiling. Oyga chiqqan keyingi avlodlar nomingizni topib olishsa ajabmas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter