Jarimalarni tekshirish va boshqa imkoniyatlar — MyGov mobil ilovasi yangilandi
Yagona portal jamoasi MyGov mobil ilovasining yangilangan 3.2.81 talqinini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, unga ko‘p qulayliklar kiritilgan.
Jumladan:
- 3800 dan ortiq xizmatlarga onlayn to‘lov: endi siz yanada ko‘proq davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni uyingizdan chiqmasdan turib amalga oshirolasiz.
- Takomillashgan «Avtotransport» bo‘limi: jarimalar uchun to‘lovni amalga oshirish hamda oynalarni qoraytirish, sug‘urta va texnik ko‘rik ma’lumotlari va muddatlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
- «deeplink» funksiyasi qo‘shildi: ilovadan izlamay, SMS habarnomada yuborilgan havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar uchun to‘lov qilasiz.
Shuningdek:
- Asosiy sahifadagi «Vidjet» oynasi takomillashtirildi: eng kerakli funksiyalarga tezkor kirish imkoniyati yaratildi.
- «Mening hujjatlarim» bo‘limi shakllantirildi: elektron hujjatlaringizni bir joyda saqlash va boshqarish mumkin bo‘ldi.
Ilova dizayni ustida qayta ishlanib, matnlardagi xatolar va kamchiliklar bartaraf etildi.
MyGov mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: android / iOS.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter