Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz xodimlari farzandlari uchun tadbir o‘tkazildi (video)

Mobiuz xodimlari farzandlari uchun tadbir o‘tkazildi (video)

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mobiuz «Kasbga yo‘l!» nomli tadbir o‘tkazdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu nafaqat bolalar uchun eng quvonchli va sevimli bayramlardan biri. U kattalarga bolalar ularning doimiy g‘amxo‘rligi va himoyasiga muhtojligini, bu uchun ular mas’ul ekanligini eslatib turadi. Bolalar bizning kelajagimiz, lekin ular birinchi navbatda bizning bugunimizdir. Shunday ekan, biz, kattalar, ularga kasb tanlashdek muhim qadamda ko‘mak berishimiz kerak.

1 iyun kuni Mobiuz Markaziy ofisida tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham shu edi. «Kasbga yo‘l!» bayram tadbiri doirasida yoshlar turli bo‘linmalar faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini call-markaz va savdo ofisi operatori sifatida sinab ko‘rishdi, server xonalarida bo‘lishdi, tarmoq monitoringi qanday amalga oshirilishini ko‘rishdi. Xodimlar bilan ishlash departamenti vakillari tomonidan o‘smirlar uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha trening o‘tkazildi. Bolalar uchun kechki ovqat ham uyushtirildi: ular bir-birlari bilan yaqinroq tanishib, muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

«Ota-onalar ishga ketganlarida, bolalar har doim ham ota-onalari nima ish bilan shug‘ullanishi haqida yaxshi tasavvurga ega bo‘lmaydilar. Bugun Mobiuz xodimlarining farzandlari ish jarayoniga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu tadbir doirasida biz ikkita maqsadni qo‘zladik. Birinchidan, bolalarga kasb tanlashda yordam berish, ularning salohiyatini ochib berish. Ikkinchidan, ularga ota-onalari ishlayotgan do‘stona va jamoaviy muhitni ko‘rsatish. Natijada xodimlarimiz va ularning farzandlaridan ko‘plab ijobiy fikrlar oldik», – deydi Mobiuzning Kadrlarni boshqarish bo‘yicha direktor Gulhumor Karabayeva.

Tadbir videosini bu yerda ko‘rish mumkin:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring