Mobiuz tayanch stansiyalari qanday qurilishini ko‘rsatdi (video)
«Aloqada» loyihasi doirasida Mobiuz mobil operatori Jizzax viloyatidagi faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Ko‘pincha abonentlar tayanch stansiyalarini qurish va o‘rnatish mavzusiga qiziqish bildiradilar. Ularni qiziqtirgan savollar orasida texnik inshoot qayerda va qachon ishga tushirilishi, bu ishlar qanday amalga oshirilishi, uskunalarning ko‘rinishi va boshqa ko‘plab savollar bor.
Bu savollarga javoblar endilikda yangi formatda – hududlarning rivojlanishini namoyish qiluvchi videoroliklar orqali taqdim etilmoqda. Mobiuzning 15 ta hududiy Xizmat ko‘rsatish markazlari, shuningdek, kompaniya uskunalarining joylarda 24/7 uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan ko‘plab texnik bo‘limlari faoliyat olib bormoqd. «Aloqada» loyihasi Mobiuzning barcha texnik bo‘limlari faoliyatini yoritishga qaratilgan.
Loyihaning ikkinchi soni Jizzax viloyatida abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yangi tayanch stansiyalarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlanadi.
Avvallari Jizzax shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi Sharof Rashidov shoh ko‘chasidagi alohida binoda joylashgan edi. Ayni paytda bu maskanda qurilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, korxonaning yangi zamonaviy ofisi barpo etilmoqda. Shu munosabat bilan Xizmat ko‘rsatish markazi bu yerdan 150 metr nariroqda joylashgan Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazining ikkinchi qavatiga vaqtincha ko‘chdi.
Sh.Rashidov shoh ko‘chasi bo‘ylab biroz nariroqda yana bir Mobiuz ofisi joylashgan bo‘lib, unda texnik bo‘lim joylashgan. Bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Sovurboyevning aytishicha, uning jamoasi birinchi yarim yillikda Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida 35 ta yangi va 30 ta modernizatsiya qilingan baza stansiyalarini ishga tushirgan. Yilning ikkinchi yarmida yangi joylarda 43 ta texnik inshoot qurish rejalashtirilgan. Hozirda ulardan 10 tasida zarur ishlar olib borilmoqda.
«Aloqada» loyihasining suratga olish guruhi bir vaqtning o‘zida bir nechta chekka qishloqlarda bo‘ldi. Baxmal tumanidagi Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Buloqboshi qishlog‘i aholisi tez kunlarda yuqori sifatli aloqa va 4G LTE mobil internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mobiuz o‘zining tayanch stansiyasini bu yerga joylashtirgan birinchi operator bo‘ladi. G‘allaorol tumanidagi G‘orbulos qishlog‘i hamda boshqa ko‘plab aholi punktlarida ham shunday sharoitlar yaratilmoqda.
Batafsil ma’lumotni ushbu videodan topishingiz mumkin:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter