Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha abonent to‘loviga ega «Kerakli» tarif rejalarini ishga tushirdi

Mobiuz 30 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha abonent to‘loviga ega «Kerakli» tarif rejalarini ishga tushirdi

Turli xil bonus tizimlariga ega «Kerakli» tariflari ko‘p muloqot qilish va mobil internetdan faol foydalanish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

O‘zbekiston mobil aloqa bozoridagi operatorlar turli tuman takliflar bilan abonentlar e’tiborini tortmoqda. Mobiuz mobil operatori abonentlarning ehtiyojlarini o‘rganib chiqib, moslashuvchan shartlarga ega beshta «Kerakli» tarif rejasini joriy qildi.

«Kerakli 70» turkumdagi eng katta tarif hisoblanadi. Oyiga 70 ming so‘m evaziga abonentlar O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 100 000 megabayt mobil internet, oyiga 7 000 ta SMS-xabarlardan foydalanish imkoniyatiga ega.

«Kerakli 70»ga yangi raqam bilan ulanganda, abonentlar maxsus bonus – 3 oy davomida har oy 100 000 megabayt tungi internetga (tungi soat 00:00 dan ertalab 08:00 gacha) ega bo‘ladilar.

«Kerakli 55» cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 55 000 megabayt va 5 500 ta SMS-xabarlarni o‘z ichiga oladi. Abonent to‘lovi – oyiga 55 ming so‘m.

«Kerakli 55»ning yangi abonentlari uchun oylik bonus mavjud – ular 3 oy davomida 55 000 megabaytdan tungi internetdan foydalanishlari mumkin.

«Kerakli 45» tarifi bo‘yicha 45 ming so‘mga 30 000 megabayt, 3 000 daqiqa va 3 000 ta SMS beriladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, daqiqalar va SMS-xabarlarni megabaytlarga bepul va birga-bir almashtirish mumkin. Shunday ekan, abonentlar tarifdagi daqiqa va xabarlarni almashtirib, qo‘shimcha 6 000 MBgacha foydalansa bo‘ladi.

Bundan tashqari, «Kerakli 45» tarifida «Gap Ko‘p» xizmatini ulab, tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlarni faollashtirish mumkin. Shuningdek, «Kerakli 45»da ham yangi abonentlarga 3 oy davomida har oy 30 000 MB tungi internet bonusi bor.

«Kerakli 35» tarifida ham daqiqa va SMSlarni megabaytlarga almashtirish mumkin. Tarifga kiritilgan 25 000 MB, 2 500 daqiqa, 2 500 ta SMSni abonentlar o‘zlariga moslashtirib olishlari mumkin.

«Kerakli 35»da «Gap Ko‘p» xizmati ishlaydi va Mobiuz tarmog‘ida cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga yordam beradi. Tarifning abonent to‘lovi 35 ming so‘m.

«Kerakli 35», «Kerakli 45», «Kerakli 55», «Kerakli 70» tariflarining yangi ulangan abonentlari «MobiDRIVE» aksiyasi ishtirokchilariga aylanishadi. Ular 2024-yil sentyabr, dekabr va 2025-yil yanvar oyida uchta BYD Song Plus Champion avtomobilidan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

«Kerakli» turkumidagi eng kichkina tarif – bu «Kerakli 30». U oyiga 30 ming so‘mga O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 25 000 MB, 2 000 ta SMSni taqdim etadi. Tarifga faqat kompaniya ofislari va dilerlar savdo nuqtalarida  ulanish mumkin.

Barcha «Kerakli» tarif rejalarida Mobiuz chiroyli raqamlariga chegirmalar taqdim etiladi.

«Kerakli» tariflar turkumi haqida batafsil ma’lumot: https://mobi.uz/uz/tariff/kerakli/.

Mobiuzning chiroyli raqamlari uchun chegirmalar shartlari: https://mobi.uz/uz/discounts/discounts/73165/.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring