Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB Sirdaryodagi «metan zapravka» 11,8 mlrd. so‘mlik gaz o‘marganini aniqladi

MIB Sirdaryodagi «metan zapravka» 11,8 mlrd. so‘mlik gaz o‘marganini aniqladi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamkor idoralar bilan o‘tkazilgan tadbirda Sirdaryo tumani «Islomobod» mahallasidagi «metan zapravka»da juda ko‘p miqdorda gaz o‘marib kelinayotganini fosh etdi.

Shoxobchaga tabiiy gaz yetkazib beruvchi G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli «Avtopilot» rusumli hisoblagich ko‘zdan kechirilganda uning «ASKUG» tizimiga ulangan kabeli uzib qo‘yilgan ekan.

Mutaxassislar shoxobchadagi o‘lchov tizimiga 2019-yil yanvar oyidan buyon gaz hisobini yuritishda xatolikka olib keluvchi ruxsatsiz aralashuv bo‘lganligi haqida xulosa berdi. Shundan kelib chiqib, foydalanilgan tabiiy gaz iste’moli qayta hisob-kitob qilinganda yetkazilgan zarar miqdori 11,8 mlrd. so‘mdan oshib ketdi.

MIB markaziy apparati matbuot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha joriy yilning 2-dekabr kuni MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring