Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MATANA — texnologiya dunyosining olti ustuni

MATANA — texnologiya dunyosining olti ustuni

Foto: Gadgets Now

Yaqin paytlargacha dunyodagi eng yirik besh texnologiya kompaniyasini ifodalovchi FAANG qisqartmasidan foydalanilardi — Facebook (hozirgi nomi Meta), Apple, Amazon, Netflix va Google. Yangi hisobot FAANG endi dolzarbligini yo‘qotganini ko‘rsatmoqda, deb yozdi Gizmochina.

Ayni paytda oltita kompaniya jahondagi eng muhim texnologiya gigantlari sanaladi. Bular — Microsoft, Amazon, Tesla, Apple, Nvidia va Alphabet (Google ona kompaniyasi). Qisqartmasi — MATANA.

Facebook va Netflix ro‘yxatdan chiqib ketdi, sababi, juda qattiy raqobatga duch kelishyapti, ya’ni o‘z sohalarida yaqqol yetakchi emas, qolaversa, foydalanuvchilar va nazorat organlari bilan ham ishlari besh deb bo‘lmaydi.

Yangi qo‘shilgan Microsoft, Tesla va Nvidia, aksincha, jahon texnologik qiyofasini belgilab beruvchi juda muhim ishtirokchilar ekanliklarini isbotlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring