Maskning yo‘ldoshli interneti testlarga tayyor
Amerikaning «SpaceX» kompaniyasi 13-iyun kuni Yer orbitasiga yana 58 ta «Starlink» yo‘ldoshini olib chiqqandi. Ular global yo‘ldoshli internet tarmog‘ini yaratishda ishlatiladi. Ayni paytga kelib Yer orbitasi bo‘ylab uchib yurgan shu turkumdagi yo‘ldoshlar soni 540 taga yetdi — bu yo‘ldoshli internet beta-sinovlarini boshlashga imkon beradi.
«SpaceX» asoschisi Elon Mask Yerni yo‘ldoshli internet bilan ozgina bo‘lsa ham qoplash uchun «Starlink»lardan 400 tasi, «qoniqarli daraja»ga chiqish uchun esa kamida 800 tasi kerak bo‘lishini ta’kidlagandi.
Tizim to‘laqonli ishga tushishi, ya’ni butun Yer sharini qoplab olishi uchun esa orbitaga 12 mingta yo‘ldoshni olib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ammo «SpaceX»ga bu ham kam tuyulyapti, shekilli, kompaniya AQSh Federal aloqa komissiyasiga yo‘llagan murojaatida 30 mingta «Starlink»ni uchirishga ruxsat so‘ragan, deyiladi «3dnews.ru» portali xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter