Mualliflik huquqi mojarosi. O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi
«Facebook»dagi «Troll.uz» loyihasi asoschisi Umid G‘ofurov mualliflik huquqini buzganligi uchun «Yoshlar» telekanalini sudga berish niyatida. Bu haqda taniqli bloger o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Uning ta’kidlashicha, yaqinda «Troll.uz» sahifasiga ko‘zi ojiz sayohatchi Vladimir Vaskevich haqidagi videorolik yuklangan edi. «Ozodlik» nashri ushbu videodan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Ular blogerning manba logotipini qirqmasdan namoyish etishgan.
Keyin «Yoshlar» telekanali mazkur videoni manbasini ko‘rsatmasdan efirda namoyish etgan.
Umid G‘ofurov mazkur holat uchun telekanalning rasmiy uzr so‘rashini talab qilgan. Aks holda sudga bershga majbur bo‘lishini aytgan.
«Bularning barchasi televideniyeda mualliflik huquqining qanchalik hurmat qilishlaridan dalolat beradi. Bir og‘iz so‘rashsa hech kim yo‘q demaydi-ku. «Yoshlar» telekanalidan rasmiy uzr so‘rashlarini talab qilaman. Aks holda sudga berishga majburman. Bu video uchun emas. Qizg‘anganim uchun ham emas. Balki O‘zbekistonda mualliflik huquqlarini hurmat qilishni boshlashlari uchun», – deb yozgan bloger.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter