Jonli efirda boshi aylanib yiqilgan boshlovchining ahvoli haqida ma’lumot berildi
«Yoshlar» telekanalining «Tez top» ko‘rsatuvi boshlovchisi jonli efir vaqtida boshi aylanib, yiqilib tushgani aks etgan video tarqalgandi.
Telekanal ma’muriyati boshlovchining salomatligi haqida ma’lumot berdi.
«Haqiqatan ham jonli efir paytida boshlovchi o‘zini yomon his qilgan. Natijada ijodiy guruh translyasiyani to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Zahro Qilichevaga esa zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Uning tobi qochishiga umumiy holsizlik va bosh aylanishi sabab bo‘lgan. Lekin u buni sezdirmaslikka va oxirgi soniyagacha kasbiy burchini bajarishga uringan. Ayni paytda telekanal boshlovchisining ahvoli qoniqarli va uning sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf yo‘q.
Xavotir olib izoh qoldirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga telekanal nomidan minnatdorlik bildiramiz», deyiladi ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter