Toshkentda «Yoshlar» radiosi boshlovchisi kaltaklab ketildi
«Yoshlar» radiosi boshlovchisi Ziyodulla Sa’dullayev kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, besh kundan buyon shifoxonada davolanmoqda deya yozmoqda «Daryo».
Kamoliddin Muhitdinovning aytishicha, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil oluvchi Ziyodulla Sa’dullayevni kursdoshi tepkilayotgan vaqtda hodisani institut domlasi va 8 nafar kursdoshi tomoshabin bo‘lib kuzatib turgan.
«Yoshlar» kanalining yana bir muxbiri Doniyor Yusupov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot» guruhiga yozishicha, Ziyodulla Sa’dullayevni uch kishi ushlab turgan, biri kaltaklagan. O‘zidan ketib polga yiqilganidan keyin ham yuz-ko‘zi aralash tepkilashga qo‘yib berishgan.
Shuningdek, kaltaklangan boshlovchidan da’vosini qaytarib olishni ham talab qilishgan.
Doniyor Yusupovning yozishicha, ichki ishlar organlari xodimlari ham ishni «yopti-yopti» qilishga urinmoqda, besh kundan buyon sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazilmagan.
Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, hodisa O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti hududida sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter