«LG»ning besh kamerali smartfoni: narxi oshkor bo‘ldi

LG V30.
«LG V40 ThinQ» smartfonining namoyish qilinish sanasi va narxi oydinlashdi. Ushbu xabarni kompaniyaning o‘zi rasman bermagan bo‘lsa-da, «PhoneArena» resursida bu haqda ma’lum qilindi, deb xabar berdi «Ferra.ru».
LG V10, V20 va V30 larning chiqish tarixiga asoslanib, manba «LG V40 ThinQ»ning anonsi shu yil 31-avgustdan 5-sentyabrgacha Berlinda bo‘lib o‘tadigan «IFA 2018» ko‘rgazmasida uyushtirilishini bashorat qilgan. Taqdimot marosimi 31 avgust yoki sentyabrning birinchi haftasida bo‘lib o‘tsa, 21 va 28-sentyabr oralig‘ida sotuvga start beriladi.
Yangi qurilmaning taxminiy narxi chiqqan vaqtida 899 dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
«LG V40 ThinQ» – kompaniyaning ikkita old va uchta asosiy kameradan iborat bir yo‘la beshta kameraga ega bo‘lgan ilk qurilmasi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter