Kuchli akkumulyatorga ega dunyodagi eng ixcham smartfon 158 dollardan sotuvga chiqdi

Joriy yilning mart oyida internet tarmoqlarida 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega eng ingichka korpusli smartfon haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yangi mahsulot Xitoyning «HOMTOM— HT70» kompaniyasiga tegishli ekan, deb xabar berdi «Hi-News».
Ishlab chiqaruvchi kompaniya «HT-70» smartonini chegirmalar asosida 3 kun (13 aprelga qadar) sotishga qaror qildi. Ya’ni yangi smartfon 188,99 dollarlik odatdagi narxida emas, balki 158,75 dollardan sotiladi. «HT-70»ning narxi shu qadar past bo‘lsa-da, texnik tavsiflari flagmanlarnikidan qolishmaydi: tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan displey, «MediaTek MT6750T» protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotiraga ega.
Smartfonning suratga olish qobiliyatini ikkita modul (16 megapiksell + 5 megapiksell) ta’minlaydi. Yana bir jihati — barmoq izi skaneri korpusning orqa tarafida joylashgan va tezkor quvvatlanish funksiyasi ham mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter