Kompyuter o‘yinlaridagi og‘riqlar «haqiqat»ga aylanadi
Tomsk davlat universiteti radiofiziklari geymerlar uchun o‘zining virtual personaji boshidan kechirgan barcha hislarni sezishga yordam beradigan texnologiya ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi «4PDA».
Tomsk davlat universiteti xodimlari VR-kostyum ustida ish olib bormoqda. Mazkur qurilma og‘riqni, shuningdek, personajning o‘yindagi barcha hissiyotlarini uzatish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Olimlar ushbu loyihani 2020-yilga qadar yakunlashni rejalashtirgan. Loyihaga Innovatsion hamkorlik jamg‘armasi tomonidan hozirda 500 ming rubl mablag‘ ajratilgan. Radiofiziklar o‘z ixtirolarini nafaqat VR o‘yinlarda, balki turli trenajyorlar va 5D kinoteatrlarda ham qo‘llash niyati.
Kostyum elektrotaktil stimulyasiya hisobiga ishlaydi va zarba hamda silash kabi oddiy hissiyotlardan murakkabroq bo‘lgan og‘riqlarni sezishda yordam beradi. G‘oya muallifi Andrey Kostornoyning aytishicha, ixtiro hattoki «o‘z qanotlaringizda» uchish harakatlari bajarilganini ham his qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter