Koinotning eng katta uch o‘lchamli xaritasi tuzildi
«eBOSS» xalqaro loyihasi astrofiziklari Koinotning eng ulkan uch o‘lchamli xaritasini tuzishdi. Bu haqda «SDSS» loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.
Olimlarning aytishlaricha, ularning besh yillik tinimsiz mehnati Koinotning 11 milliard yillik noma’lum tarixini ochib beradi.
Uch o‘lchamli xarita Koinot tuzilishiga yanada aniqlik kiritgan: «fazoviy to‘rlar» aks ettirilib, ularning oraliqlaridagi Koinot yaralganidan keyingi taxminan 380 million yillik bo‘shliq to‘ldirilgan. Endi astrofiziklar Koinot kengayishi barobarida galaktikalar qanday taqsimlanganini bilishadi.
Ushbu ma’lumotlarni kosmologiyadagi nomuvofiqlik ham tasdiqlaydi: uch yil avval Koinotning kengayish tezligi haqida ma’lumotlar chop etilgandi, o‘shanda «Plank» teleskopidan olingan ma’lumotlar va «Habbl» observatoriyasi ma’lumotlaridagi tafovut 9 foizni tashkil etgandi.
Oksford universiteti astronomi Yeva-Mariya Myullerning ta’kidlashicha, «faqat hozirgi uch o‘lchamli xarita yordamidagina Habbl doimiysi o‘lchovlarida nomuvofiqliklar borligini aniqlash mumkin».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter