«Kengoro» — bugungi kundagi eng murakkab va mukammal robot

«Kengoro» roboti.
Tokio universitetining tadqiqotchilar guruhi bugungi kunga qadar eng murakkab va insonga mukammal darajada o‘shash robotni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».
Ta’kidlash joizki, hozirda yaratilayotgan robotlarning aksariyati tor mutaxassislikka yo‘naltirilgan. Biroq robotlarning shunday sinfi borki, ular gumanoidlar deb ataladi. Ushbu robotlar ham ma’lum bir ishni bajaradi, ammo ularning asosiy maqsadi — maksimal darajada insonga taqlid qilishdir.
Yaponiyalik mutaxassislar yangi turdagi robotlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu robotlarning umurtqasi, ko‘krak qafasi mavjud va u turli tomonlarga harakatlana oladigan bog‘inlar bilan jihozlangan.
«Kengoro» nomini olgan ushbu robot boshqa shu turdagi roborlardan 6 bosqichga erkinroq harakatlana oladi. Bu esa ularni odamga o‘xshab erkin harakatlanishini ta’minlaydi.
«Kengoro» polga tayangan holda tanasini ko‘tara olishi, o‘tirib-turish mashqlarini bajarishi va hatto badmington raketkasidan ustamonlik bilan foydalana olishi mumkin. Uning o‘ziga xos asosiy jihati — u «terlay» oladi. Aynan shu usul orqali yapon muhandislari ish jarayonida yetarlicha qizib ketadigan uzatmalarni suyuqlik yordamida samarali sovutishga qaror qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter