Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo‘natmalardagi smartfonlar manzilga yetib bormadi

Jo‘natmalardagi smartfonlar manzilga yetib bormadi

Bojxona organlari tomonidan xalqaro va kurerlik jo‘natmalari orqali yurtimizga noqonuniy tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda, deyiladi DBQ xabarida.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Bosh pochtamt» bojxona postiga xorijdan fuqaro B.A. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, jo‘natmalarda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 30 million so‘mlik 20 dona «Redmi 9» markali smartfonlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring