Jizzaxda «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tyapti

Jizzaxda bugun, 26-sentyabr kuni «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi ochildi. «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi 26-27-sentyabr kunlari Jizzax olimpiya rezervlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmani Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari G‘anisher Mamatqulov ochib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, hayotga yangi texnologiyalari izchillik bilan tatbiq etish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. U «Jizzax viloyati: Innovatsiyalar, Investitsiyalar, Axborotlashtirish» forumi viloyatda ilk marotaba o‘tkazilganini alohida ta’kidladi.


«ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi 500 kvadrat metr maydonni band etib, unda Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrining 35 ta axborot texnologiyalari kompaniyasi qatnashdi.

Mintaqaviy ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
- Telekommunikatsiyalar;
- Elektron hukumat;
- Xavfsiz shahar;
- Internet texnologiyalari;
- «Jizzax» EIZ, Jizzax viloyati KSZ;
- Turli sohalarni axborotlashtirish (tibbiyot, ta’lim va boshqalar).
- Mobil yechimlar;
- Kichik biznes uchun IT-yechimlar.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «DIGITAL UZBEKISTAN» forumi Jizzax mintaqaviy ko‘rgazmasiga keluvchilar uchun katta ekranda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter