Janubiy Koreyada dunyodagi eng qora bino qurildi (video)

Dunyodagi birinchi super qora inshoot.
Ayni paytda qishki Olimpiada bo‘lib o‘tayotgan Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida 9 fevral kuni arxitektor Asif Kxan tomonidan «Vantablack» materialidan yaratilgan «birinchi super qora inshoot» ochildi, deb xabar berdi «Hi-news.ru».
«Vantablack» materiali barcha ma’lum moddalar ichida eng qorasi hisoblanadi, u birinchi marta 2015 yilda Buyuk Britaniyaning milliy fizika laboratoriyasi olimlari tomonidan taqdim etilgan. Material alyuminiy folgaga joylashtirilgan nanonaychalardan tayyorlangan bo‘lib, fotonlar materialga tushganda akslanmaydi va issiqlikka aylanadi. Material 99 foiz yorug‘likni yutadi, aks qaytgan yorug‘likning yo‘qligi sababli inson ko‘zi uni «qora tuynuk» kabi qabul qiladi — xuddiki moddaning o‘rnida hech narsa yo‘q.
Binoning balandligi 10 metrni, uzunligi 35 metrni tashkil etadi.

Pavilon kichkina yortigichlar bilan qoplanadi va yulduz to‘plamlariga o‘xshash ko‘rinishni hosil qiladi. Arxitektorning g‘oyasiga ko‘ra, inshoot Yerdan tomosha qilinadigan kosmosni eslatishi kerak.
«Pavilonga tashrif buyurganlar binoning ichiga kirsa, yorqin muhitdan hamda uning markaziga o‘rnatilgan installyasiyadan hayratga tushadi. Ko‘zingiz yorug‘ xonaga o‘rgangach, siz kanallar orqali oqib o‘tayotgan tomchilarning yulduzlarga juda o‘xshash ekanligini his qiladi», — deydi Kxan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter