Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni qonuniylashtirmoqchi

Janubiy Koreya bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni qonuniylashtirmoqchi

Foto: «Ferra»

Janubiy Koreyaning «Kukmin» gazetasi hukumatning sizdirilgan hujjatiga asoslanib yozishicha, 2023-yilda mamlakat Raqamli aktivlar (DABA) to‘g‘risida asosiy qonun hamda 2024 yilda qo‘shimcha qonunlarni qabul qilish tadorigini ko‘ryapti.

Qonun loyihasi xalqaro me’yorlar va jahondagi yirik iqtisodiyotlar tajribasi asosida shakllantiriladi. Chunki Koreya moliyaviy barqarorlik bo‘yicha kengashi (FSB) Bazel xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) hamda AQSh va Yevropa ittifoqi muvofiqlashtiruvchilari bilan hamkorlik qilmoqda.

Hukumat kripto-fiat tranzaksiyalar uchun mavjud infratuzilmalarni kengaytirishni rejalashtirgan, bu ko‘plab banklarga fiat kriptovalyutalar almashinuvi uchun o‘z platformalarini yaratish imkonini beradi. Qolaversa, Janubiy Koreya hukumati NFT-tokenlar uchun ham tartib-qoidalar ishlab chiqaradi.

Koreya markaziy banki (CBDC) raqamli valyuta joriy etadi. Koreya banki imitatsiya testlarining birinchi bosqichini 2022-yil yanvarida tugatgan.

Hukumat sizdirilgan hujjat ma’lumotlari haqiqatligini tasdiqladi, biroq loyiha borasida yakuniy qarorga kelinmaganini qo‘shimcha qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring