Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki «Digital CASA» loyihasi doirasida Inha universiteti bilan hamkorlik qiladi

Jahon banki «Digital CASA» loyihasi doirasida Inha universiteti bilan hamkorlik qiladi

Foto: «Akchabar»

«Raqamli Markaziy Osiyo — Janubiy Osiyo» (Digital CASA) loyihasi bo‘yicha Jeyn Treduell boshchiligidagi Jahon banki missiyasi hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalarni muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

«Digital CASA» — Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini yagona raqamli xabga bog‘laydigan transchegaraviy telekommunikatsion tarmoqni yaratishga qaratilgan xalqaro loyihadir.

Bu loyiha dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlarga internetdan foydalanishni takomillashtirish, shuningdek, ularning tranzit salohiyatini rivojlantirishi kutilmoqda. Uning asosida — Markaziy va Janubiy Osiyo — ikki mintaqa o‘rtasida optik tolali liniyani birlashtirish g‘oyasi yotadi. Dasturdan kutilayotgan natija allaqachon aniq — viloyat aholisi muqobil tarmoqlar orqali keng polosali hamyonbop internetga kirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Foto: IUT

IUTdagi uchrashuv davomida Jahon banki missiyasi axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Muzokaralar davoimda tomonlar «Digital CASA» loyihasining 4-komponenti doirasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi. Mazkur komponent raqamli tadbirkorlik, inson kapitali hamda raqamli ko‘nikmalar va boshqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring