IT xizmatlar eksporti 1 milliard dollarga yetkaziladi
Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilgan ishlar yetarli emasligini, IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilinganini qayd etdi.
Buning uchun:
- kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT arxitektorlari, operatorlari va muhandislari kerakligi;
- hududlarda yuqori tezlikdagi internet va mutaxassislar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish lozimligi;
- xorijiy IT kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarurligi;
- zamonaviy IT kasblarga o‘qitish tizimini yaratish kerakligi;
- aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo‘lgan kamida 200 ta yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter