Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT sohasidagi yosh iste’dodlarga sovrinlar berildi

IT sohasidagi yosh iste’dodlarga sovrinlar berildi

IT va dasturlashga ishtiyoqi bor yoshlar uchun ASTRUMHACK 2022 xakatonining natijalari sarhisob qilindi. Peshqadam jamoalar 45 million so‘mlik sovrin jamg‘armasini o‘zaro bo‘lishdi va qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va ko‘ngilochar sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan raqamli yechimlarni yaratishdi. Xakaton tashkilotchilari va hamkorlari: Astrum IT -Akademiyasi, VEON Group telekommunikatsiya xoldingi, Beeline Uzbekistan raqamli operatori, IT Park va Mountain Dew.

Astrum akademiyasida bo‘lib o‘tgan xakaton 90dan ziyod jamoani birlashtirdi. Ular turli sohalardagi biznes muammolarini hal qila oluvchi raqamli mahsulotlarni ishlab chiqishlari kerak edi. Yarim finalga 50ga yaqin loyiha tanlab olindi. Eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi finalda pul mukofotlari va hamkorlarning qimmatbaho sovg‘alari uchun kurashishdi.

Birinchi o‘rin, 20 million so‘m mukofot va Beeline Uzbekistan’dan uchta iPad fermer xo‘jaligi uchun Agro Dash raqamli tizimini ishlab chiqqan Phoenix jamoasiga taqdim etildi. «Kumush» va 15 million so‘mlik mukofotni Avokado jamoasi - oflayn ko‘ngilochar joylarni topish uchun yechim Where to go! loyihasi bilan qo‘lga kiritishdi. Uchinchi o‘rinni Sehriyo jamoasi egalladi. Ularga Sehriyo Capsule 10 million so‘mlik sovrinni olib keldi – bu aqlli quti smartfon bilan birgalikda dori ichish vaqti kelganini unuttirmaydi. Tadbir so‘nggida, hakamlar hay’ati a’zolari – VEON guruhi ekspertlari xakaton ishtirokchilari uchun mahorat darslari o‘tkazdilar.

«Bu yoshlar haqiqatan ham sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish qanday ishlashini va bu yerda, O‘zbekiston bozorida qanday qo‘llanilishini yaxshi bilishadi. G‘oliblarga yosh qiz boshchilik qildi, u ajoyib jamoani birlashtirgan holda, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun sun’iy intellekt mahsulotini taqdim etdi. O‘zbekistonda shunday yorqin mutaxassislar paydo bo‘layotgani quvonarli. Ishonchim komilki, ularning respublikada yorqin raqamli kelajakni qurayotgan kompaniyamiz bilan umumiy jihatlari ko‘p!» – dedi VEON guruhining raqamli mahsulotlar direktori Jorj Xeld.

«Yoshlar bilan suhbatlashish juda yoqimli bo‘ldi. Beeline o‘z kasbiga chin dildan ishtiyoqli «ko‘zlari yonib turgan odamlarni» qadrlaydi. Bunda xakaton ishtirokchilari bizga o‘hshaydi. Yoshlarga imkon qadar tezroq mutaxassis bo‘lishlarini va bir kun kelib, bizning mutaxassislarimiz bilan hamkorlikda mamlakat aholisi uchun foydali ishlarni amalga oshirishlarini chin dildan tilab qolaman», — deya voqeani sharhladi Beeline Bosh direktori Andrzej Malinowski.

«600 dan ziyod xakaton ishtirokchilari zamonaviy O‘zbekistonda IT-sohasi mashhurligining shubhasiz ko‘rsatkichidir. Shunisi ham muhimki, ko‘plab jamoalar qisqa vaqt ichida haqiqiy ishlaydigan raqamli yechimlarni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Demak, mamlakatimiz raqamli iqtisodiyoti ajoyib istiqbolga ega!» – deya xulosa qildi Astrum IT Akademy asoschisi Botir Arifjonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring