Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istalgan zamonaviy qurilmada josuslik funksiyasi bor

Istalgan zamonaviy qurilmada josuslik funksiyasi bor

Foto: «Kp.ua»

Istalgan zamonaviy qurilmaning dasturiy ta’minoti juda murakkab, shu bilan birga juda zaif. Ayni shu jihat xakerlarga foydalanuvchini, u qaysi amaliy tizim (OS)ni ishlatishidan qat’i nazar, kuzatib borish imkonini beradi, deb yozmoqda «Astera.ru».

«Izvestiya» gazetasi platformani rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislarga asoslanib yozishicha, har bir qurilmada amaliy tizim bilan bog‘liq bo‘lmagan maxfiy zona bor — u orqali ARM yadrosiga qurilgan istalgan qurilmani kuzatib borish mumkin.

Mutaxassislardagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ARM yadrosida shunday kod borki, u bevosita josuslik dasturiy ta’minoti o‘rnatish imkonini beradi, qurilmaga qanaqa operativ tizim yoki antivirus o‘rnatilganining ahamiyati ham qolmaydi.

O‘tgan yili ARM kompaniyasi 22 mlrd. protsessor yadrosini litsenziyaladi, bular televizorlar, smartfonlar, ayrim noutbuklar, «aqlli» yon elektronika va maishiy texnikalar, bulutli qurilmalar uchun protsessorlarda ishlatilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring