Ispaniya Markaziy banki saytiga xakerlar hujum qildi
Ispaniyaning «ABC» gazetasi dushanba, 27-avgust kuni yozishicha, noma’lum xakerlar Ispaniya Markaziy banki saytiga hujum uyushtirgan. Buning oqibatida shu kuni foydalanuvchilar saytga kirisha olmadilar, deb xabar bermoqda «Life».
Saytga kirishda muammolar yakshanba kunidan boshlangandi, bu payt davomida texnik xizmat ishlashda davom etib, kiberhujum oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullandi.
Ispan nashri bank jiddiy zarar ko‘rmaganini, uning ma’lumotlar bazasiga ziyon yetmaganini yozgan.
Voqeada «Anonymous» xakerlar guruhining qo‘li borligi gumon qilinyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter