Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram» videoblogga aylanadi

«Instagram» videoblogga aylanadi

Foto: «BBC.com»

Kecha, 20-iyundan «Instagram» tarmog‘i bir soatgacha uzunlikdagi videolarni joylash funksiyasi (IGTV)ni joriy etdi. Bu haqda «TechCrunch» ma’lumotlari asosida «Life.ru» xabar bergan.

Yangilanishlardan so‘ng fotografiyaga asoslangan bu ijtimoiy tarmoq to‘laqonli videoblogga aylanadi.

Videoni smartfon kamerasini vertikal tutgan holatda olish mumkin, ilova esa rolikni katta ekran tartibida ko‘rsatadi, shuningdek, 4K formatini ham qo‘llaydi.

Ijtimoiy tarmoq to‘laqonli videoblog sifatida faoliyatini davom ettirishni rejalashtirgan. Taniqli yutuberlar o‘z roliklarini namoyish etishlari uchun «Instagram»ga taklif etilgan. Uzun videolardan kompaniya marketing vositasida foydalanamoqchi, namoyish avvalida reklamalar qo‘yiladi.

«Instagram»da 60 daqiqalik videolar paydo bo‘lishi haqida avval ham xabar berilgan, ammo kompaniya rahbariyati bunga aniqlik kiritmagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring