O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Buyuk Britaniyaning «Wiley» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning «Facebook»dagi sahifasida
xabar berildi.
«Daryo.uz» nashrining
yozishicha, uchrashuv chog‘ida davlat ilmiy-texnik dasturini amalga oshirishda uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot ma’lumotlar bazalari va innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik masalalari ham muzokaralar markazida bo‘lgan.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, o‘zbek olimlari, mutaxassislari, talabalari uchun «Wiley»ning ilmiy-tadqiqot bazasi va kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ingliz kompaniyasi O‘zbekistonda hamkorlikda master-klass va treninglar tashkil qilish yuzasidan hamkorlikka qiziqish bildirdi. Bunda «Wiley»ning Ilmiy-tadqiqot Akademiyasini jalb qilish ko‘zda tutildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter