Ilon Mask, Jo Bayden, Barak Obama va Bill Geyts xakerlar hujumiga uchrashdi
«Twitter»ning nomdor foydalanuvchilari akkauntlariga xakerlik hujumi uyushtirildi.
Jumladan, xakerlar Tesla asoschisi Ilon Mask, AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden, sobiq prezident Barak Obama, milliarder Bill Geytsning akkauntlariga buzib kirishdi.
«Twitter» ushbu akkauntlarni zudlik bilan qulfladi va xakerlar tomonidan yuborilgan tvitlarni o‘chirib tashladi.
«Biz buzib kirilgan akkauntlarni qulfladik. Endi xavfsizlik to‘liq ta’minlanganiga ishonch hosil qilganimizdan so‘nggina ularni haqiqiy egalariga qaytaramiz», deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter