Ilon Mask bu yil qancha soliq to‘lashini aytdi

«Tesla» asoschisi Ilon Mask bu yil 11 mlrd. AQSh dollari miqdorida soliq to‘laydi. Bu haqda u «Twitter»da xabar qoldirdi.
«Kimga qiziq bo‘lsa — bu yil 11 mlrd. dollar soliq to‘layman», — deb yozdi Mask. Bayonot internetda Ilon Mask va senator Elizabet Uorren o‘rtasida ketayotgan dahanaki jangning o‘ziga xos davomi bo‘ldi. O‘tgan hafta senator «Tesla» xo‘jayinini ko‘proq soliq to‘lashga chaqirgandi. «Keling, «Yil odami» soliqlarni to‘g‘ri to‘lab, boqimandalikni bas qilishi uchun noto‘g‘ri soliq kodeksini o‘zgartiramiz», — deb yozgandi Uorren «Twitter»da. Unga javoban Mask bu yil istalgan amerikalik butun tarix davomida to‘laganidan ko‘p soliq to‘lashini aytgandi.
Nega buncha ko‘p soliq? Chunki bu yilning noyabridan Ilon Mask «Tesla»da ishlagani uchun maosh tariqasida oladigan aksiyalarining opsionlarini amalga oshirishni boshladi. Opsionlar unga «Tesla» aksiyalarini bozor narxlarida sotib olish huquqini beradi, odatda aksiyalar qiymati opsionlarni olish paytida opsionlar bo‘yicha xarid qilinayotgan paytidagidan birmuncha arzon bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter