Ikkitalik kameraga ega «Leagoo S9» smartfoni 20 dollarga arzonlashdi

Yaqindagina taqdim etilgan «Leagoo S9» smartfoni 20 AQSh dollarga arzonlashdi. Mazkur qurilma tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan deyarli hoshiyasiz displey bilan jihozlangan, deb xabar beradi «4PDA».
Shuningdek, smartfonga ikkitalik kamera o‘rnatilgan. Smartfon o‘z egasini uning barmoq izi yoki yuz tuzilishi orqali taniy oladi. Gadjet qora, tillarang va ko‘k ranglarda sotuvga chiqarilmoqda.
Smartfon old qismining yuqorisida suhbatlashish dinamigi, frontal kamera va sensorlar joylashgan qirqim mavjud. Uning ichiga sakkiz yadroli «Mediatek MT6750» protsessori, 4 gigabayt tezkor xotira va 32 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi esa 3300 mA/soatga teng. Qurilma «Andoird 8.1 Oreo» operatsion tizimida ishlaydi.
Ikkitalik asosiy kamerasi 13 va 2 megapiksellni tashkil etadi. Ayni vaqtda «Leagoo S9»ni chegirmalar bilan birga 129 dollarga xarid qilish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter