Huawei va IT Park hamkorlikda O‘zbekistonda BPO markazlarini ishga tushiradi
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 haftaligi doirasida Huawei kompaniyasi va IT Park O‘zbekistonning ikki shahrida smart va yashil yechimlarga asoslangan BPO markazlarini ochishga kelishdi.
2022-yilning 25-oktyabr kuni Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay va IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov O‘zbekistonning Termiz va Namangan shaharlarida biznes jarayonlarini autsorsing qilish uchun ikkita markazni (BPO-markazlarini) yaratish to‘g‘risidagi protokolni imzoladilar. Bayonnomaning tantanali imzolanishi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ko‘magida Samarqand shahrida ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. BPO markazlarini birgalikda ochish loyihasi AKT vazirligi va Huawei o‘rtasida 2022 yil mart oyida Barselonada erishilgan kelishuvlar doirasidagi hamkorlikning davomi, shuningdek, Huawei va IT Park o‘rtasida 2022 yil yanvar oyida imzolangan memorandumda belgilangan rejalarni amalga oshirishdir.
«Huawei kompaniyasi O‘zbekiston AKT hamjamiyatining faol ishtirokchisi bo‘lib, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali mamlakatning raqamli rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qiladi va mamlakatda inson kapitalini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratadi. Bugun biz O‘zbekiston Respublikasida Huawei kompaniyasining aqlli va yashil kampuslarni yaratishda qo‘llaniladigan yechimlari asosida ikkita BPO markazini ishga tushirishga kelishib oldik. Markazlar aqlli qurilmalar ekotizimlari, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan ta’minlanadi», — dedi Huawei Uzbekistan direktori Chen Szyakay.
2022 yil 24-27 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 AKT haftaligi yirik IT-kompaniyalar, xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida bir qator tadbirlar, forumlar va sessiyalarni o‘z ichiga oladi. ICEXPO ko‘rgazmasida kompaniya aloqa operatorlari, yirik sanoat va davlat sektori hamda aqlli qurilmalar ishqibozlari uchun asosiy yechimlarning afzalliklari namoyishini boshladi. Huawei kompaniyasining ICTWEEK 2022 haftaligidagi ishtiroki haqidagi barcha so‘nggi ma’lumotlarni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida topishingiz mumkin:
Telegram: Huawei Uzbekistan
Instagram: Huawei Uzbekistan
Facebook: Huawei Uzbekistan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter