«Huawei» tadqiqotlarni qo‘llash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Xitoyning «Huawei» kompaniyasi oxirgi besh yilda tadqiqotlar va ishlanmalar uchun mablag‘ ajratishni salkam ikki baravarga oshirdi — 2021-yilgisi 22,1 mlrd dollarga yetdi. AQSh tashqarisida hech qaysi kompaniya bunchalik ko‘p pul sarflamagan.
«Bloomberg» yozishicha, 2021-yilda tadqiqotlar va ishlanmalar uchun xarajatlar Xitoy IT-giganti daromadlarining 22,4 foizini tashkil etdi. Masalan, xuddi shu maqsadlarga Amerikaning «Amazon» yoki «Alphabet» («Google»ning egasi) kompaniyalari daromadining 10 foizini ishlatadi.
IT-gigantlar orasida «Huawei»ga yaqinrog‘i — «Meta», Mark Sukerberg korporatsiyasi daromadining 20,9 foizini tadqiqot va ishlanmalarga ajratmoqda.
Nashr yozishicha, «Huawei» o‘z tadqiqotlariga katta urg‘u berayotganiga birinchi sabab AQSh sanksiyalari oqibatida texnologiyalar va butlovchi qismlar taqchilligiga duch kelganidir.
Vashington joriy etgan savdo sanksiyalari qaysidir tomondan Xitoy foydasiga ishlamoqda: hozir o‘zi ishlab chiqishga majbur bo‘layotgan texnologiyalar kelgusida AQShga raqobat tug‘dirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter