Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» bukiluvchi smartfonini taqdim etdi (video)

«Huawei» bukiluvchi smartfonini taqdim etdi (video)

Foto: «Twitter»

Xitoyning «Huawei» kompaniyasi «Mobile World Congress 2019»da o‘zining bukiluvchi smartfoni — «Mate X» taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda «The Verge» xabar berdi.

«Mate X» qalinligi 5,4 millimetrga teng 8 dyuymli OLED-ekranga ega.

Bukilgan holatida u qo‘sh ekranli (diagonallari 6,6 va 6,38 dyuym), umumiy qalinligi 11 millimetrli smartfonga aylanadi.

Ushbu qurilma 5G-tarmoqda ishlay oladi. Akkumulyatori sig‘imi — 4500 milliamper-soat.

«Huawei» kompaniyasi «Mate X»ni 2019-yil o‘rtalaridan sotuvga chiqaradi: operativ xotirasi 8 gigabaytli, umumiy xotirasi 512 gigabaytli modellari 2607 dollardan baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring