Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» 40 megapikselli uchta asosiy kameraga ega smartfonini mart oyida taqdim etadi

«Huawei» 40 megapikselli uchta asosiy kameraga ega smartfonini mart oyida taqdim etadi

P20 modeli 40 megapikselli uchta asosiy kameraga ega dunyodagi birinchi smartfonga aylanadi.

Foto: «NV.ua».

«Huawei» kompaniyasi vakili P20 flagman smartfonlari joriy yilning 27-mart sanasida Parijdagi Grand-Pale muzeyida namoyish etilishini tasdiqladi. P20 modeli 40 megapikselli uchta asosiy kameraga ega dunyodagi birinchi smartfonga aylanadi, deb xabar berdi «NV.ua».

Manbaning ma’lum qilishicha, asosiy kamera ikkitalik LED chirog‘i bilan jihozlanadi. Shu bilan birga «Huawei»ning hozirda mavjud barcha flagman qurilamalaridagi ikkinchi — oq-qora modul optik kattalashtirgich vazifasini bajaradi. Yangi smartfondagi uchinchi model qanday bo‘lishi — noma’lum.

Bundan tashqari «Huawei P20» tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan displey, «Uyga» tumasida barmoq izi skaneri va ikkita frontal kameraga ega bo‘ladi.

Shuningdek, qurilmaning yana bir jihati — ekranning yuqori qismi xuddi «iPhone X»niki kabi qirqimga ega bo‘ladi. Qirqimda frontal kamera, so‘zlashish dinamikining panjarasi va datchiklar joylashgan.

Xabarlarga ko‘ra, ikkita kameraga ega «Huawei P20 Lite» versiyasi ham taqdim etiladi. Ammo bu hozircha taxminligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring