Harbiylardan AKT sohasi murabbiy-o‘qituvchilari tayyorlanmoqda
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi zobitlar guruhi Toshkent shahridagi Inha universitetining murabbiy-o‘qituvchilarni tayyorlaydigan o‘quv kurslarida AKT sohasidagi bilimlarini oshirishmoqda.
Harbiylarni o‘qitish Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shma buyrug‘i bilan olib borilmoqda.
Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonning 360 nafar harbiy xizmatchilari kompyuter savodxonligini oshirib, AKTdan foydalanish bo‘yicha kurslarni o‘tashadi. Kurslar olti bosqichda olib borilib, har bir bosqichda 60 nafardan harbiyga Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tajribali o‘qituvchilari mashg‘ulot o‘tishadi.
Mudofaa vazirligining tinglovchilari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda yangi bilimlarni oladi. Xususan, ular axborot xavfsizligi sohasida o‘z bilimlarini yaxshilashadi va pedagogika sohasida yangi bilimga ega bo‘ladi.
Yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar AKT sohasida murabbiy-o‘qituvchi maqomini beruvchi sertifikatlarni olishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter