Eng semiz hamyonlar uchun eng yupqa «san’at asari»

Dunyodagi eng yupqa mexanik soat ishlab chiqarildi: Bulgari Octo Finissimo Ultra — qalinligi atigi 1,88 millimetr.
Ilgarigi rekord Piaget kompaniyasiga tegishli, 2018-yilda chiqarilgan Altiplano Ultimate Concept soatining qalinligi bor-yo‘g‘i 2 millimetr edi.
Bulgari kompaniyasi Octo Finissimo Ultrani atigi 10 nusxada chiqardi, har birining yuza qismiga haqiqiyligini aniqlash uchun NFT-tokenga yo‘naltiruvchi QR-kod tushirilgan.

Octo Finissimo Ultrani ixchamlashtirish uchun Bulgari soatsozlari mexanik qismlarni bittalab joylashtirish o‘rniga barcha 170 komponentni integratsiyalashdi. Soat pishiq chiqishi uchun korpusi qum bilan ishlov berilgan titandan yasaldi, ort qopqog‘i esa sanoat burg‘ilari tayyorlashda ishlatiladigan volfram karbiddan tayyorlangan.
Octo Finissimo Ultra bir to‘ldirishda 50 soatgacha ishlaydi.
Eng yupqa ushbu «san’at asari»ni xarid qilish uchun juda semiz hamyon kerak: narxi — naq 440 000 dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter