Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamyonbop yapon smartfoni taqdim etildi

Hamyonbop yapon smartfoni taqdim etildi

Foto: «iXBT.com»

Sharp — asosan ichki bozor (Yaponiya) uchun smartfonlar chiqaruvchi kompaniya. Yapon smartfoni qanaqa bo‘ladi, masalan, arzonlari? Sharp taqdim etgan yangi, iyenadan dollarga o‘girilganda 315 dollarlik smartfon misolida ko‘ramiz.

Sharpning Aquos Sense 6s smartfoni Snapdragon 695 5G protsessorida ishlaydi, OLED-displeyi 6,1 dyuym kenglikda. Bu ekran kadrlarning yuqori yangilanish chastotasini qo‘llamaydi, standat FullHD+ yechim (2432 x 1080 piksel). Ekran ostida barmoq izlarini skanerlovchi joylashgan.

Yapon smartfoni suvdan himoyalovchi IP68 texnologiyasiga ega, metall korpusi yonida audiovositalar uchun tirqish ajratilgan.

Foto/video: asosiy — 48 MP kamera, yordamchi — 8 MP ikki kamera (kengburchakli va teleobyektiv).

Smartfonning qalinligi — 8 mm, og‘irligi — 156 gramm.

Yupqa bo‘lishiga qaramay, smartfon akkumulyatori nisbatan sig‘imli — 4570 mAs. Xotirasi aksincha, ancha past: operativ — 4 GB, ichki — 64 GB.

Narx-sifat mezonida binoyidek telefon. Nima bo‘lganda ham Yaponiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring