«Google»ning «AutoDraw» dasturi sizni mohir rassomga aylantiradi
Dasturlar anchadan buyon odamning dasxatini o‘qib, uni bosma matnga aylantirib bermoqda, endi navbat suratlarga. Ekranda barmoq yoki sichqoncha yordamida biror nimani uch yoshli bolakaydan yaxshiroq qilib chizish juda qiyin ish. Shu sababli «Google» bu kabi suratlarni ancha jozibador qilishga qodir dasturni yaratdi, deb xabar berdi «Layfxaker».
«AutoDraw» dasturida istalgan shaklingizni chizing, u esa bu nima ekanligini topadi. Aniqlash tezligi ancha yuqori: bir necha soniya ichida «Do you mean» qatorida suratlar miniatyurasi paydo bo‘ladi va siz u yerdan keraklisini tanlab olishingiz mumkin.
Albatta, dastur mukammal emas va ba’zida chizilgan tasvirga umuman o‘xshamaydigan suratlarni ham taqdim etadi. Ko‘plab hollarda esa «AutoDraw» umuman o‘xshamagan ob’yektlarni ham tanib, masalani muvaffaqiyatli yechadi.
Bitta shaklni yoki butun bir liniyani, shuningdek, velosiped yoki avtomobilni ham chizish mumkin. Dastur taklif qilgan suratni olib, uning o‘lchamini va rangini o‘zgartirib, kelajakda foydalanish uchun saqlab qo‘ying.
Ushbu dastur sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan avtomatlashtirilgan botning imkoniyatlari sabab yuzaga kelgan. U tasvirni taniydi va rassomlarning unga bor suratlarini tanlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter