Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur bloger qoidabuzarlikni tasvirga tushirib yuboradigan «sotqinlik», «stukachlik» bo‘yicha aytar gapini aytdi

Mashhur bloger qoidabuzarlikni tasvirga tushirib yuboradigan «sotqinlik», «stukachlik» bo‘yicha aytar gapini aytdi

«Qoidabuzarlikni tasvirga tushirib yuborish mavzusi atrofida doim bahslar bo‘ladi. Ko‘pgina haydovchilar o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bu ishni «sotqinlik», «stukachlik», «nomardlik», deb atashadi. Men esa mutlaqo boshqa fikrdaman», — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

«Har yili yo‘llarda minglab insonlar vafot etishadi. Qoidani bir tiyinga ilmaydigan, yo‘lda xuddi moldek mashina haydaydiganlar, afsuski, ko‘p. Ularning kasriga kimningdir otasi, onasi, farzandi hayotdan ko‘z yumadi (Alloh asrasin barchamizni).

Shu sababli bunday fojialarga qarshi butun jamoatchilik birgalikda kurashishi kerak. Hamma uyg‘oq bo‘lishi, hech kim loqayd bo‘lmasligi kerak. Videolarni albatta yuboring, agar pul olishga xijolat bo‘lsangiz, voz kechsangiz ham bo‘ladi.

Qoidabuzarlar har qancha o‘zgalarni ayblamasin, eng avvalo, o‘zlari qoidani buzmasligi kerak, tamom.

Yuqoridagi video 1 hafta oldin olingan. Bolakayni Allohni o‘zi asrabdi. «Stukachlik» deb og‘zidan ko‘pik sachratadiganlarga aytadigan gapim, o‘sha bolakay o‘rnida sizning farzandingiz ham bo‘lishi mumkin edi. Boshqa gapim yo‘q», — deya ta’kidladi huquqshunos.

Bir oz avval Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram kanali orqali bugundan boshlab videoregistratorlar bilan bir qatorda videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgandi.

Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina ko‘rib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan, mobil telefonlarda olingan videolar jarima qo‘llash uchun asos bo‘la olmas edi.

Huquqshunos fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkinligini eslatib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring