Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google Chrome» onlayn-o‘yinlar bozorini «sindirdi»

«Google Chrome» onlayn-o‘yinlar bozorini «sindirdi»

Foto: «wikipedia.org»

«Google» kompaniyasi «Chrome» brauzerining 66-versiyasida joriy etgan «Saytlardagi video va ovozlarning avtomatik tarzda ishga tushib ketishini bloklash» funksiyasi barchaga birdek yoqmadi. U jonga teguvchi reklamalarni cheklashi orqali aksariyat foydalanuvchilarga yoqqan bo‘lsa-da, onlayn-o‘yin yaratuvchilari «Google»ni faqatgina o‘ziga maqbul resurslarni targ‘ib qilishda ayblamoqda, deb xabar berdi «4PDA».

«Chrome»ning yangilangan versiyasi onlayn-o‘yinlarni bloklamoqda. O‘yin yaratuvchilari esa brauzer avtomatik yuklanuvchi sahifalarni aniqlash usulidan norozi. Brauzer buning uchun bir nechta omillarni, jumladan, ilovani ko‘rish vaqtidagi kontent vaqti video elementi o‘chamini inobatga oluvchi maxsus algoritm asosida ishlaydi.

Onlayn-o‘yinlarni ishga tushirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish qiyin, chunki veb-sahifani sinovdan o‘tkazishda tez-tez «Chrome Dev Tools»dan foydalaniladi, ammo ushbu vaziyatda dastur saytning turli foydalanuvchilar uchun qanday ishlashi haqida to‘liq tasavvurga ega emas.

«Yangi siyosat «Google»ning audiovizual kontentga ega sayti — «YouTube»ga taalluqli emasligi juda qiziq. «Chrome»dagi mazkur bloklash tizimi avtomatik yuklanuvchi kontentlarga o‘zi uchun manfaatli to‘siqni qo‘ymoqda», — deb yozadi dasturchilardan biri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring