Global smartfonlar bozori: «Xiaomi» endi ikkinchi raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi emas
«Canalys» tahlilchilari jahon smartfonlar bozorining 2021-yil uchinchi choragiga bag‘ishlangan hisobotini e’lon qildi. Smartfonlar bozoriga ta’sirini o‘tkazayotgan global miqyosdagi chiplar taqchilligi 2022-yilgacha saqlanib qoladi. Ushbu holat smartfonlar savdosini qisqartirmoqda, biroq muammoni muvaffaqiyatga aylantirayotganlar ham bor.
2021-yilning ikkinchi choragida «Xiaomi» ilk marotaba ikkinchi raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi darajasigacha ko‘tarilgandi. Uchinchi chorakda yana hammasi iziga qaytdi: «Samsung» — yetakchi, «Apple» — ikkinchi. Oldingi uchinchi o‘rin ham, umuman olganda, «Xiaomi» uchun yomonmas. Smartfonlardan daromad olishda esa «Apple» yakka peshqadam.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bir yil davomida «Apple» ishlab chiqarishni boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘stira olgan. Uning ulushi 12 foizdan 15 foizga oshdi. Sababi — yangi «iPhone 13»larga talab yuqori, qolaversa, amerikaliklarga yarimo‘tkazgichlar muammosi eng kam ta’sir o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter