Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Frilanserlar 25 nafardan 70 nafarga oshdi» – Marg‘ilonda o‘zgarish katta

«Frilanserlar 25 nafardan 70 nafarga oshdi» – Marg‘ilonda o‘zgarish katta

Marg‘ilon raqamli texnologiyalar  o‘quv markazi tashkil etilganining bir yilligiga bag‘ishlagan marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori Fayzulla Aripjonov, viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzulla  Qosimov, TATU Farg‘ona filiali direktori Akbarali Rasulov va boshqalar so‘zga chiqib, markaz faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Markaz direktori Bahromjon Jalilov erishilgan yutuqlar va 2022 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan vazifalar haqida axborot berdi.

«Bir million o‘zbek dasturchilari» dasturi bo‘yicha 2000 nafardan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, 400 nafari xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Samandar Mazhardinov va Nodirbek Abdulahadovlar  grant sovrindorlari bo‘lishdi. Axborot texnologiyalari dunyosiga dadil qadamlar bilan kirib kelgan, salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritgan bu yoshlarni ko‘rish, ularning istiqboldagi rejalarini tinglash onlari ham bag‘oyat hayajonli kechdi.

Mazkur yuksak texnologiyalar maskanida yoshlar mana bir yilki, axborot texnologiyalari tilsimotlaridan saboq olmoqdalar. Yoshlar kompyuter savodxonligi, dasturlash, rabototexnika, android ilovalar yaratish kabi qator kurslarda bilimlarini oshirishga erishdilar. Bir yillik sarhisob ham kerak ekan. Tahlil va xulosalar yasash uchun. Quyidagi raqamlar ham shundan dalolat qiladi. 

Markazda buning uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. 2020 yilda o‘quvchilar soni 700 nafar edi. Bu yil ularning safi 3000 nafarga yetdi. Rezidentlar 5 nafardan 700 nafarga, xodimlar 7 nafardan 22 nafarga, «Bir million o‘zbek dasturchilari»  2000 nafarga, frilanserlar 25 nafardan 70 nafarga oshgan.  TOP o‘qituvchilar 13 nafarni tashkil etmoqda... Yutuqlar talaygina. Oldinda ado etilishini kutib turgan ezgu ishlar ham anchagina.

Hafiza Salyahova,
«Xabar»ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring