Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foizini davlat to‘laydi. IT-markazlar bitiruvchilariga kredit beriladi

Foizini davlat to‘laydi. IT-markazlar bitiruvchilariga kredit beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Davlat rahbari internet texnologiyalari markazlari bitiruvchilariga o‘z ishini boshlashi uchun yordam berish zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbari tomonidan ma’lum qilinishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha 120 ta IT-markazini 4 mingga yaqin «yoshlar daftari»ga kirganlar tamomlagan. Bunday yoshlarni kelgusida biznes boshlashi uchun kompyuter bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqiladi.

Buning uchun, «bir million dasturchi» loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun «Mikrokreditbank», «Aloqabank» va «Xalq banki» kreditlar ajratadi, ularning  foiz xarajatlari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (ya’ni, kredit foizsiz beriladi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring