Foizini davlat to‘laydi. IT-markazlar bitiruvchilariga kredit beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Davlat rahbari internet texnologiyalari markazlari bitiruvchilariga o‘z ishini boshlashi uchun yordam berish zarurligini ta’kidladi.
Davlat rahbari tomonidan ma’lum qilinishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha 120 ta IT-markazini 4 mingga yaqin «yoshlar daftari»ga kirganlar tamomlagan. Bunday yoshlarni kelgusida biznes boshlashi uchun kompyuter bilan ta’minlash tizimi ishlab chiqiladi.
Buning uchun, «bir million dasturchi» loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun «Mikrokreditbank», «Aloqabank» va «Xalq banki» kreditlar ajratadi, ularning foiz xarajatlari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (ya’ni, kredit foizsiz beriladi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter